Mourino “Chelsi”da o‘ynolmagan yana bir yulduzni chaqirdi

  • 11 iyul, 2022, 16:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino “Chelsi” asosiy tarkibiga kira olmagan Temmi Abraxamni “Roma”da haqiqiy yulduzga aylantirdi.

Tecno

Endi portugaliyalik mutaxassis “Atletiko”ga tegishli bo‘lgan Saul Nigesni ham Italiya poytaxtiga olib kelmoqchi.

Aslida Saul o‘tgan mavsumni ijara asosida “Chelsi”da o‘tkazdi. Uning harakatlari “aristokratlar” murabbiylariga ma’qul kelmadi va yarim himoyachini Madridga qaytarib yuborishdi.

Mourino Saulni ko‘p qirralari ochilmagan salohiyatli futbolchi, deb biladi va uni yangi darajaga olib chiqishiga ishonmoqda.

27 yoshli yarim himoyachi faoliyati davomida 470 ta uchrashuv o‘tkazib, 54 ta gol va 21 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!