Mourino "Roma"ning Italiya kubogidan chiqib ketganiga izoh berdi

  • 2 fevral, 2023, 20:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning Italiya kubogida "Kremoneze" klubiga uchralgan mag‘lubiyatiga izoh berib o‘tdi. 

Tecno

"Raqibni tabriklayman! Ular safarda "Napoli" va "Roma"ga qarshi muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Bu kubok juda g‘alati musobaqa ekani bilan yodda qolmoqda.

Biz dahshatli bir taym o‘tkazdik va buning uchun munosib jazolandik. Ikkinchi bo‘limda yaxshi reaktsiya bildirdik. Biroq allaqachon kech bo‘lib ulgurgandi.

Neapolda "Napoli"ga qarshi o‘yinda biz yaxshiroq natijaga loyiq edik. Shuning uchun mag‘lubiyatdan keyin ham yigitlardan faxrlanishimni aytgandim. Ammo bu safar bunday deya olmayman", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!