Mourino qachon ishga qaytishini aytdi

  • 12 mart, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino “Roma”dagi qoniqarsiz natijalar tufayli bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarilganidan beri ishsiz yuribdi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis tez orada murabbiylik ishiga qaytishga tayyorligi va jamoa tanlashda nimalarga e’tibor berishini aytib o‘tdi.

- Vaziyat shundayki, siz jamoada g‘olib chiqish uchun biror imkoniyatga ega bo‘lmasligingiz mumkin, odamlar esa, ko‘proq narsa talab qila boshlaydi. Men bilan ham shunday bo‘ldi.

Men hech qachon katta yutuqlarni qo‘lga kiritmagan jamoalarni shug‘ullantirishim mumkin, biroq odamlar har doim mo‘’jiza ro‘y berishini kutadi.

Yozda murabbiylik ishiga qaytaman. Biror jamoani shug‘ullantirmasam, bo‘sh qolganimni his qilaveraman.

Ammo endi o‘zimga yangi ish joyi va jamoa tanlaganimda juda ehtiyotkor bo‘lishim kerak, - dedi Joze Mourino.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!