Mourino PSJ nega Chempionlar ligasini yutolmasligini isbotlab berdi

  • 8 dekabr, 2024, 21:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasida “Fenerbahche”ga bosh murabbiylik qilayotgan Joze Mourino Evropaning eng badavlat klublaridan hisoblangan “Pari Sen-Jermen” nega Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmayotgani sabablarini keltirib o‘tdi.

Tecno

- Evropada madaniyat boshqacharoq. Qit’a miqyosida rivojlanish dinamikasi shiddatli va kuchli raqiblar bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi. Turkiyada o‘yin sal boshqacha.

Misol uchun, nega PSJ Evrokuboklarda muvaffaqiyat qozona olmaydi?

Buning sababi – ular Frantsiyada o‘ynab, Evrokuboklarda to‘qnash keladigan jamoalar bilan bo‘ladigan o‘yinlarga etarli darajada tayyorlana olmaydi.

Men Turkiya chempionatida ayrim vaziyatlarda Evrokuboklarga mos tushadigan taktikalarni o‘ylab topyapman. Zero, bu erda amalga oshirilgan narsalarni Evropada qo‘llab bo‘lmaydi, - dedi Joze Mourino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
08/12/2024 15:33
пахтакор хам халкаро майдонда биронта ютукка эриша олмайди! бу гапни "лубая бизнес хариш" дейдиган ЖуХа (жуда харомхур) га айтиб куйинглар