
Mourino MYu "yulduzi"ni "Roma"ga olib kelmoqchi!
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Rim klubiga "Manchester Yunayted" vakili Meyson Grinvudni olib kelmoqchi. Bu haqda Angliyaning taniqli "The Sun" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Joze futbolchining imkoniyatlarini yaxshi biladi. U Meysonni ijara asosida tarkibga qo‘shib olinishini reja qilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Grinvud zo‘ravonlikda ayblanib, ma’lum muddat futboldan chetlatilgandi. Kelasi mavsum "qizil iblislar" rahbariyati uni asosiy tarkibda maydonga tushirishni rejalashtirmagan.
Fikrlar