
Mourino: "Men Yamaldan ko‘ra Nikoni afzal ko‘raman"
Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Lamin Yamal va Niko Uilyams o‘rtasidagi tanlovini aytdi.
"Ko‘plab futbol muhlislari "Evro-2024" turniri davomida Yamalni eng zo‘ri deb atashdi. To‘g‘ri, tan olish kerak Ispaniyaning chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi. Lamin haqiqiy iste’dod, uning kelajagi porloq. Biroq, men Nikoni afzal ko‘raman, "Atletik bilbao" vingerining o‘yinlari menga yoqadi" - deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Yamal bu mavsum 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 12 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uilyams esa 21 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qilgan.
Fikrlar