Mourino haydagan futbolchini Angliyada kutishmoqda

  • 14 dekabr, 2022, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Sassuolo”ga qarshi o‘yindagi xatosi uchun Rik Kasrdorpni qattiq tanqid qilgani haqida xabaringiz bor.

Tecno

Bu mojaro hali ham barham topmagan. Niderlandiyalik himoyachi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgan bo‘lsa-da, bosh murabbiy bilan muloqot qilmayapti.

Angliyaning “Fulxem” jamoasi 27 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Inglizlar futbolchi uchun kurashda “Yuventus” va “Feyenoord” bilan raqobatlashishga tayyor.

Bu klub mutasaddilari “Roma” rahbariyati bilan uchrashib, futbolchini yanvarda transfer qilish bo‘yicha muzokara boshlashga tayyorligini bildirgan. Avvalroq, Rim klubi rahbariyati Karsdorpni ijaraga jo‘natmasligini, uni olmoqchi bo‘layotgan jamoalar 10-12 million evroga sotib olishi shartligini bildirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!