Mourino endi bu jamoani boshqarmaydi!

  • 10 fevral, 2022, 08:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” direktori Beppe Marotta klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli bosh murabbiylardan biri Joze Mourinoning yana jamoani boshqarish imkoniyatlarini haqidagi savolga javob qaytardi.

Tecno

- Biz Joze Mourino boshchiligida “Inter” qo‘lga kiritgan treblni juda qadrlaymiz.Lekin biz uning qaytishini o‘ylayotganimiz ham yo‘q. Joze o‘z nomini “Inter” tarixiga abadiy yozib qo‘ygan. Biroq u endi “Inter”ni bosh murabbiy sifatida boshqarmaydi, - dedi Beppe Marotta.

Joze Mourino 2008-2010 yillar “Inter”ni boshqargan. Bu davrda u ikki marta Italiya chempionati g‘olibi va Chempionlar ligasi bosh sovrini sohibi bo‘lgan.

Portugaliyalik murabbiyning “Inter” muxlislari o‘rtasida hurmati katta.

sezon-2009-10-pik-mourinju_15848882441565595820

U “Manchester Yunayted”da emas, shu erda baxtli

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Manchester Yunayted”da qo‘l ostida o‘ynagan Aleksis Sanches haqida fikr bildirdi.

Chililik futbolchi “Inter”ga kelishidan oldin manchesterliklar sharafini himoya qilgan. Biroq katta maosh olishiga qaramay, o‘z o‘yinini namoyish qila olmagan. Milan klubida esa yana yuqori saviyaga chiqqani uchun Manchesterdagi omadsizliklarini ko‘pchilik Mourino bilan bog‘laydi.

Portugaliyalik mutaxassis 2017-2019 yillarda “Manchester Yunayted”da Sanchesga ustozlik qilgan vaqtni chililik futbolchini “qayg‘uli odam”, degani ancha shov-shuv bo‘lgandi.

Sanches Italiya kubogi doirasida “Roma” darvozasiga ajoyib gol urib, jamoasini keyingi bosqichga chiqishiga ko‘maklashdi.

- O‘yindan oldin Aleksis bilan gaplashdim. Angliyadagi turmush tarzi unga to‘g‘ri kelmagan. Uning o‘rni shu erda ekan va “Inter”da u baxtli. U bizga ajoyib gol urdi va bu o‘yin muvozanatini o‘zgartirdi, - dedi Joze Mourino.

Aleksis Sanches joriy mavsumda milanliklar tarkibida barcha turnirlarda 23 marotaba maydonga tushdi, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.

alexis

Raqibga ko‘p imkon berib qo‘ydik

“Roma” himoyachisi Marash Kumbulla Italiya kubogi chorak finalida “Inter”ga boy berilgan o‘yin haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.  

- O‘yin avvalidan ko‘p narsa o‘xshamadi. Birinchi golni o‘tkazganimizdan keyin hammasi rasvo bo‘ldi. Biz ilk daqiqadan raqibga ko‘p imkoniyat berdik, bu kamchilikni yo‘qotish ustida ko‘proq ishlashimiz kerak.

Hoziir hammasi joyida, deb o‘zimizni xotirjam qiladigan ahvolda emasmiz, lekin jamoadoshlarimdan faxrlanishimni yashirib o‘tirmayman. Butun uchrashuv davomida bir xil kurashishni o‘rganishimiz lozim. Murakkab vaziyatlarda yanada kuchliroq jisplashish kerak bo‘ladi. Ayni paytda bizga barqarorlik ham etishmayapti, - dedi 21 yoshli markaziy himoyachi Marash Kumbulla.

127869_7j4s6hz

Muxlislar stadionga qaytadi

Italiya sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Sperantsa 1 martdan boshlab sport tadbirlariga qo‘yiladigan muxlislar soniga qo‘yilgan cheklov kengaytirilishini ma’lum qildi.

Ochiq havodagi arenalarga keladigan ishqibozlar soni tribuna sig‘imining 50 foizidan 70 foizigacha oshiriladi.

Yopiq arenalarda bu ko‘rsatkich 60 foizgacha etkaziladi.

Sport musobaqalari davomida muxlislarning arenaga kirishiga qo‘yilgan cheklov 2020 yilning 29 fevralidan buyon davom etmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, mutasaddilari 19 martdan e’tiboran barcha cheklovlarni olib tashlash masalasini muhokama qilayotgan ekan. Zaxira sanasi sifatida 24 mart belgilangan. Shu kuni Italiya terma jamoasi Palermo shahrida Shimoliy Makedoniyaga qarshi uchrashuv o‘tkazadi.

BIG-GettyImages-1355542590

Abraxamning joni temirdan, Shomurodov esa alamzada Mourinoning fikri o‘zgarishini kutishga majbur!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!