
Mourino chempionlikdan so‘ng nimalar dedi? U "Roma"dan ketadimi?
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino klubning Konferentsiyalar ligasidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
"Torino"ni 3:0 hisobida mag‘lub etgandan so‘ng kiyinish xonasida yigitlarga biz qilishimiz kerak bo‘lgan ishni bajardik, ya’ni Evropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritganimzni aytdim. Shu sababli, bugun yo‘llanma uchun emas, balki tarix yozish uchun maydonga chiqdik va buni uddaladik.
Avval boshidan Konferentsiyalar ligasida g‘alaba qozonishimizni his qilgandik. O‘yinlar tobora qiyinlashib bordi. "Marsel" va "Feyenoord", "Lester" kabi kuchli klublar yarim finalgacha keldi. Shunday bo‘lsa-da, bor e’tiborimizni bosh sovringa qaratgandik.
"Men "Roma"da qolaman. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Klubning ajoyib va halol egalari bor. Boshlagan ishimni davom ettirishim kerak. Biz ushbu loyiha ustida ishlashda davom etishimiz va yangi mavsum uchun rejalar tuzishimiz zarur", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar