
Mourino “Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan yulduzni oladi
“Barselona”da porlagan Ivan Rakitich Ronald Kumanning rejalarida chetda qoldi. U yozgi transferlar mavsumida Kataloniyani tark etishi kerak.
Ayni paytda u qator klublardan taklif olmoqda. Xususan, Joze Mourino xorvatiyalik yulduzni “Tottenxem”ga olib kelmoqchi.
Olti yil davomida “Barselona”da to‘p surgan yarim himoyachi boy tajribasini Angliya premer-ligasida qo‘llashga qarshi emas. Tomonlar muzokaraga tayyorlanmoqda.
Fikrlar