
"Moscow Grand-Prix Final". Tursunqulova hamda Rafalovichning raqiblari ma’lum
6-7 dekabr kunlari Rossiyada taekvondo bo‘yicha "Moscow Grand-Prix Final" musobaqasi bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik ikki nafar taekvondochi Nikita Rafalovich va Nigora ishtirok etadi.
Bugun birinchi kungi bahslar uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, Nikita Rafalovich ilk bosqichda avstraliyalik Jek Martonga qarshi dayanga chiqadi. Ushbu jangda g‘olib bo‘lgan taekvondochi keyingi bosqichda Aron Kuk (Moldova) - Raul Martines Garsiya (Ispaniya) juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Nigora Tursunqulova esa 1/8 finalda xorvatiyalik Matea Yelich bilan to‘qnash keladi. Bu juftlik g‘olibasi Milena Titoneli (Braziliya) - Lauren Uilyams (Buyuk Britaniya) jangi g‘olibasi bilan yarim final uchun kurashadi.
Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar