"Moscow Grand-Prix Final". Nikita Rafalovich bronza medali uchun dayanga chiqadi

CHERY AUTO

Rossiyada taekvondo bo‘yicha "Moscow Grand-Prix Final" musobaqasi davom etmoqda.

Tecno

Nikita Rafalovich yarim finalda ozarbayjonlik Milad Beigi Xarchegani bilan jang qildi. Keskin o‘tgan bahsda omad ozarbayjonlik taekvondochiga kulib boqdi - 9:5. Ertaga Nikita bronza medal uchun misrlik Seif Issaga qarshi dayanga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Rafalovich 1/8 finalda avstraliyalik Jek Martonni 20:0, chorak finalda ispaniyalik Raul Martines Garsiyani 15:3 hisobida mag‘lub etgan edi.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!