
Moreyra: "Doim shunday o‘ynashni xohlaymiz"
Elit Chempionlar ligasining 8-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al-Sadd" bahsi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqiblardan ustun keldi.
Bellashuvdan so‘ng "sherlar" murabbiyi Pedro Moreyra o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Birinchi bo‘limda to‘liq ustunlikka ega bo‘ldik. Ko‘proq gol urishga intildik. O‘tkazib yuborgan golimiz kichik xato sababli yuzaga keldi. Yigitlar ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajargan taqdirda ijobiy natijalarga erisha olamiz. Navbatdagi bahslarga yanada yaxshi tayyorlanamiz.
Xorijlik futbolchilarni o‘zim tanladim. Ular jamoani kuchaytirishiga ishonganman. Har o‘yinda turli rejalarga egamiz va futbolchilar tarkib uchun kurash olib borishadi. Bu erda o‘ynab ketish oddiy emas. Jamoaviy birga o‘ynab, yutuqlarga erishamiz. Gol o‘tkazgach ham rejamizdan chekinmadik. Doim shunday o‘ynashni xohlaymiz.
Kim qanday o‘ynayotganini tahlil qilib turaman va shunga yarasha o‘zgarishlarni amalga oshiraman. Bahs borishiga qarab, kimni almashtirish yoki o‘yinga qo‘shish borasida qaror chiqaraman. Raqibni to‘psiz qoldirishga urindik, ular to‘p bilan juda xavfli jamoa. Muxlislar esa shubhasiz bizning O‘N IKKINChI O‘YINChILARIMIZ!
Fikrlar