
Morataning yana bir mavsum Madridda qolishi "Atletiko"ga qanchaga tushadi?
Madridning "Atletiko" klubi qishda "Chelsi"dan ijaraga olingan hujumchi Alvaro Morataning kelajagi borasida hozircha yakuniy qarorga kelmadi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar “matraschilar” 26 yoshli ispaniyalik futbolchining ijara shartnomasini yana bir yilga uzaytirishni xohlashsa, bu ularga 18 mln evroga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” Moratani qishda 7 mln evro evaziga yarim yilga ijaraga olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida madridliklar safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 6ta gol urishga erishdi.
Fikrlar