
Morata yarim finalda maydonga tushadi
"Evro-2024"ning chorak finalidan o‘rin olgan Ispaniya Germaniya uchrashuvida ispanlar g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. O‘yinda zaxiraga olingan Alvaro Morata sariq kartochka olgandi.
31 yoshli hujumchi sariq kartochkasi ko‘payib ketganligi sababli yarim final o‘yinini o‘tkazib yuborishi yozib ko‘rsatildi. "COPE" nashri xabar berishicha, xakam o‘yin protokolida futbolchiga kartochka ko‘rsatilganini qayd etmagan. Aniqlanishicha, bu translyatsiya xatosi bo‘lib chiqdi.
Endilikda Morata Frantsiyaga qarshi kechadigan yarim finalda bemalol o‘ynay olishi mumkin.
Fikrlar