Morata bitta zarba bilan ikkita hujumchidan o‘tib ketdi

  • 3 dekabr, 2020, 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Alvaro Morata Chempionlar ligasining navbatdagi turida “Dinamo” darvozasini ishg‘ol qilib, ushbu nufuzli musobaqada eng ko‘p gol urgan ispan futbolchilari orasida kuchli uchlikka kirib oldi.

Tecno

Bu “Yuventus” hujumchisi uchun Chempionlar ligasidagi 21-gol bo‘ldi. Morata aniq zarbasi evaziga reytingda o‘zidan oldin turgan millatdoshlari Sesk Fabregas va Fernando Torresdan bitta golga o‘zib ketdi.

Ispaniyalik futbolchilar orasida mutlaq rekordchi Raul Gonsales hisoblanadi. U “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turnirida 71 ta gol urgan. Ikkinchi o‘rindagi Fernando Morentes hisobida 33 ta aniq zarba bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!