MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov lavozimini tark etdi

  • 17 fevral, 2022, 12:33
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala 2019 yilning may oyidan beri MOQ raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonovning o‘z hohishiga ko‘ra yozgan arizasini ko‘rib chiqish edi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqar ekan, R.Shobdurahmonov so‘nggi yillarda davlat rahbarining jismoniy tarbiya va sportga qaratayotgan ulkan e’tibori, sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar, yaratib berilayotgan sharoitlar, mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi va buning uchun muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildirdi.

O‘z navbatida R.Shoabdurahmonovning arizasi Ijroqo‘m a’zolari tomonidan qabul qilindi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar MOQning navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi yig‘ilishda saylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
17/02/2022 13:07
Буни кутгандик, youtube да бу мавзуда анча аввалроқ пайдо бўлганди миш мишлар
Baxil Alihuja
17/02/2022 13:15
МОК порахурларни уяси! Ойбек Косимов кандай келиб колгани умуман номаълум! МОК да спортчилар ва спортни тушунадиганлар ишлаши керак. Лекин таниш-билишчилик килиб жойлашиб олган билимсиз нусхалар ишлайди. Ойбек Косимов хатто интервью бериш уёкда турсин, маъсулият ва жавобгарлик нималигини хам билмайди.
Aziz Yuldashev
17/02/2022 16:10
Ва натижалар хам жуда ёмон бўляпти йилдан йилга
Baxil Alihuja
18/02/2022 10:12
афсуски шундай