
"Monako" o‘z maydonida "Renn" ustidan zafar quchdi (video)
Frantsiya chempionatining 37-turida “Monako” o‘z maydonida “Renn” klubini qabul qildi.
“Lui II” o‘yingohida kechgan bahs 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Monako” safida Vissam Ben Yedder (16') va Aleksandr Golovin (29') gol muallifi bo‘lgan bo‘lsa, “Renn” safida Benjamen Burigo (68') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar