"Monako" Loran Blan nomzodini ko‘rib chiqmoqda

  • 20 dekabr, 2019, 23:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Leonardu Jardimni iste’foga chiqarishi kutilayotgan “Monako” bosh murabbiy lavozimiga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.

Foot Mercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra monakoliklar bu borada PSJ klubi va Frantsiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Loran Blan bilan bog‘lanishgan. Ular o‘zaro hamkorlik masalasini muhokama qilishgan.

“Monako”da Blandan tashqari Jyulen Stefan (“Renn”) va Marselino (“Valensiya” sobiq) nomzodlari ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!