
"Monako" jamoa murabbbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
Adolf Xyutter "Monako" bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub o‘z ijtimoiy tarmog‘ida rasman e’lon qildi.
O‘tgan mavsum "Borussiya Myunxengladbax" jamoasidan kelgan murabbiy bilan yana ikki yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi. Avstriyalik murabbiy mavsumning ikkinchi qismini ajoyib tarzda o‘tkazib, Liga 1da 2-o‘rin va Chempionlar ligasi uchun saralash yo‘llanmasi bilan yakunladi.
"Monako" Adolf Xyutter bilan shartnomani yana ikki mavsumga uzaytirganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Avstriyalik murabbiy 2027 yilning 30 iyuniga qadar klubda faoliyat yuritadi"
Eslatib o‘tamiz, Xyutterning klub bilan avvalgi shartnomasi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan edi.
Fikrlar