
Mohigul Hamdamova - Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni!
Hozirgina Tokiodan yana bir xushxabar oldik. Para engil atletikaning disk uloqtirish turida F57 klassida hamyurtimiz Mohigul Hamdamova oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Mohigul 31.46 metr natija bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari mavjud.
Fikrlar