Modrich birinchi taklifni oldi!

  • 24 fevral, 2024, 12:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich joriy mavsum oxirida "qaymoqranglilar"ni tark etishga yaqin turibdi. "Sata24" nashrining ma’lum qilishicha, 38 yoshli futbolchi allaqachon ilk taklifni olgan.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Zagrebning “Dinamo” klubi prezidenti Mirko Barishich Modrich bilan bog‘lanib, unga hamkorlik qilishni taklif qildi. Luka hali yakuniy javob bergani yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, Modrich 2002 yildan 2008 yilgacha "Dinamo" sharafini himoya qilgan. Xorvatiyalik xavbekning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
24/02/2024 15:47
Taklif qilganda huddiki yonida bolganday yozasilaara