MMA tarixidagi eng kuchli jangchi kim? O‘zbek MMA vakillari javob berdi

  • 29 may, 2020, 14:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
CHERY AUTO

MMA tarixida eng zo‘r jangchilar kimlar? Biz mazkur savol bilan MMA olamiga aloqador hamyurtlarimiz fikri bilan qiziqdik.

Tecno

Nodir Qodirov – “Axmat” ligasining Osiyo mintaqasi prezidenti

- Statistika va faktlarga e’tibor qaratsak, albatta, Habib Nurmagomedovni aytgan bo‘lardim. Muxlislar auditoriyasi, texnik mahorat, tomoshabop jang ko‘rsatish, chidamliligi, kuchli zarbalar kabi mahoratga egalari juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Biroq, bu savolga baribir Habib, deb javob beraman. O‘zbekistonda esa, hali yana ko‘p ishlashimiz kerak bo‘ladi.

Kadirov

Ayubxon Kamalov – MMA jangchisi

- Shubhasiz, Habib Nurmagomedov... To‘g‘ri, Fyodor Emelyanenko ham o‘z vaqtida juda kuchli bo‘lgan. Lekin Nurmagomedov unga nisbatan mukammalroq. Xatolarga deyarli yo‘l qo‘ymaydi.  Jon Jonsni ham aytib o‘tish mumkin. Lekin ular orasida Habib birinchi desam yanglishmagan bo‘laman.

ayux

Gulbahor Amantaeva – sobiq MMA jangchisi, “Pankration” va “Pride” chempioni

- Bunday jangchilar juda ko‘p. Bir emas, mening reytingimdan o‘rin olgan kuchli oltilikni aytib o‘taman.

  1. Amanda Nunes
  2. Xolli Xolm
  3. Habib Nurmagomedov
  4. Xorxe Masvidal
  5. Daniel Korme
  6. Kamaru Usman.

    gulya


Amin Ergashev – MMA jangchisi

- Hozirda, ushbu savolga barcha Habib deya javob berishi aniq. To‘g‘ri, u o‘z vaznida tengsiz... Lekin men boshqa fikrdaman. Biroz tarixni varaqlasak, og‘ir vazn toifasida meksikalik Keyn Velaskes o‘z janglarini o‘tkazgan. U UFCning sobiq chempioni hisoblanadi. Meksikalikning janglariga e’tibor qaratsangiz, matonatiga qoyil qolasiz. Qolaversa, tomoshabopligi bilan ham ajralib turadi. U Brok Lesnarni mag‘lub etib, chempion bo‘lgandi. Keyin Dos Santosga yutqazib qo‘ydi. Keyinchalik u bilan ikki jangida g‘alabaga erishdi. Demoqchimanki, ular o‘rtasidagi trilogiya juda qiziqarli bo‘lgandi. Velaskesni vazn tashlashiga ham qoyil qolaman. Tabiiy vazni 130 kg bo‘lsa, jangga yaqin 110 kiloga tusha oladi. 20 kg vazn yo‘qotishning o‘zi bo‘lmaydi. Afsuski, tizzasidan jarohat olib, bir necha yil jang qila olmadi. Keyinchalik qaytishi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Verdum hamda Ngannuga yutqazib qo‘ydi. Lekin o‘zining texnikasi va jang olib borish uslubi bilan ko‘plab muxlislarning mehrini qozona olgan. Shular qatorida men ham Keynni MMA tarixidagi eng kuchli sportchi, deb bilaman. Albatta, bu shaxsiy fikrim!

ergashev_1

Azamat Nuftillaev – MMA jangchisi

- Jahon miqyosida “So‘nggi imperator” nomi bilan mashhur Fyodor Emelyanenkoga teng keladigani yo‘q.  U o‘z vaqtida “dahshatli” jangchi bo‘lgan. O‘zbekistonliklar ichida esa, Muzaffar Rajabov!

nuftillaev

Mansur To‘g‘izboev – MMA jangchisi, hakam va murabbiy

- Aslida, bu sport turida juda ko‘p kuchli atletlar bo‘lgan va faoliyatini davom ettirmoqda. Barchasi bir-biridan ajoyib jangchilar. Kimdir “stoyka”da betakror bo‘lsa, qaysilaridir “parter”da benazir... Biroq, ular orasida barcha jihatdan mukammal bo‘lgan Jon Jonsni tarix va hozirgi kundagi eng kuchlisi, deb bilaman. Albatta, bu mening shaxsiy qarashlarim.

Mansur

Sirojiddin Eshonboev – MMA jangchisi

- O‘z vaqtida UFC, “Pride” promoushenlarida ajoyib janglari bilan tanilgan, jiu-jitsu va “sabmishn”lar ustasi, braziliyalik Roys Greysini tarixdagi eng zo‘r jangchi, deb bilaman.

sirojiddin_1

Farrux Madaminov – MMA murabbiyi

- Birinchi navbatda Fyodor Emelyanenkoni ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Bekorga “So‘nggi imperator”, deb nom olmagan. Uzoq vaqt chempionlikni hech kimga bermay keldi. Shuning o‘zi ham uning naqadar kuchli ekanligini isbotlaydi. Shuningdek, Habib Nurmagomedov ham mukammal jangchi.

faruxx

Jasur Alijonov – MMA murabbiyi

- MMA tarixida ikki buyuk jangchi, Xabib Nurmagomedov (28-0) hamda Genri Sexudo (16-2)ni alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim.

jasko

Zarruh Adashev – “Bellator” jangchisi

- Hozirgi kunda pound-for-pound etakchisi, UFCning yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Jon Jonsni aytgan bo‘lardim.

zarruh

Lilya Shakirova – MMA jangchisi, GFC chempioni

- Jahon MMA olamida og‘ir vazn toifasidagi Frensis Ngannu, qizlar bo‘yicha esa, Valentina Shevchenkoga teng keladigani yo‘q. O‘zbekiston miqyosida Mahmud Muradovni aytgan bo‘lardim.

shakirova

Humoyun Ibragimov – MMA jangchisi

- Albatta, Fyodor Emelyanenko! Chunki u o‘sha davrning eng kuchli jangchilari bilan to‘qnash kelib, ularni mag‘lub eta olgan. Jumladan, Mirko Krokop, Mark Koleman, Kevin Randelman, Noguero, Andrey Arlovskini aytib o‘tishimiz mumkin.

Xumoyun_1

Shohruh Adashev – MMA jangchisi

- Bu borada bitta emas, bir nechtasini aytib o‘tishim mumkin. Avvalo, Habib Nurmagomedovni ta’kidlab o‘tish lozim. Qolaversa, Genri Sexudo hamda Timur Valiev... Tabiiyki bu mening shaxsiy fikrim!

Bez nazvaniya (30)

Ahliddin Mirzadavlatov –MMA jangchisi

-  UFC engil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedovni eng kuchli jangchi, deb bilaman.

aql

O‘g‘iloy Nasimova – MMA jangchisi

- Men uchun irlandiyalik Konor MakGregor eng yaxshisi. To‘g‘ri, uning faoliyatida mag‘lubiyatlar ham bor. Lekin u haqiqiy MMAga xos jang qiladi. Zarbalari juda ham kuchli va ortga hech qachon chekinmaydi. Qolaversa, janglari tomoshaboplik borasida ham muxlislarning e’tiborini tortadi.

xishnik1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
30/05/2020 15:39
Факатгина Тошкент келиб кетганига хам 3кг Узбек тилласини олиб кетган ва уз укасини жангда катнаштирган Хабиб энг зур эмас!