MMA bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati finalchilari ma’lum. Bugun xal qiluvchi janglar bo‘lib o‘tadi

  • 10 oktabr, 2021, 09:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Nukus shahrida Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi (CAMMAC) hamda O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi tomonidan havaskorlar o‘rtasida birinchi Markaziy Osiyo chempionati tashkil etilgan edi. Ushbu turnirda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon va O‘zbekiston terma jamoalari har bir vazn toifasida ikkitadan ishtirokchi bilan qatnashmoqda. Va yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, chempionatda 10 ta vazn toifasidagi janglar o‘rin olgan.

Tecno

sammas_1

Kecha, tarixiy chempionatning tantanali ochilish marosimlari hamda saralash va yarim final bosqichlaridagi janglar o‘z yakuniga etdi va finalchilar nomi aniq bo‘ldi. Bugun, ushbu tarixiy turnirning ilk g‘oliblari aniqlanadi. 

Quyida, final janglarining juftliklarini e’tiboringizga havola etamiz. 

52.2 kg

Ersultan Shakenbay (Qozog‘iston) - Vohid Zoxidzoda (TojikistoN)

56,7 kg

Jamshid Tillaev (O‘zbekiston) - Dastan Jakipbekov (Qozog‘iston)

61.2 kg

Kabi Salovat (Qozog‘iston) - Erkebulan Begasiluli (Qozog‘iston)

65.8 kg

Shukur Rustamov (O‘zbekiston) - Oljas Moldagaliev (Qozog‘iston)

70.3 kg

Ne’mat Asadov (Qozog‘iston) - Yusuf Aliev (Ozarbayjon)

77.1 kg

Bogdan Pshebelskiy (Qozog‘iston) - Munis Mo‘minjonov (O‘zbekiston)

83.9 kg

Zokir Mamarasulov (O‘zbekiston) - Fariddun Shonazarov (Tojikiston)

93 kg

Husan Rahimov (O‘zbekiston) - Aleksandr Val (Qozog‘iston)

-120.2 kg

Hasan Rahimov (O‘zbekiston) - Azmuddin Vaxobov (Tojikiston)

+120,2 kg

Ixtiyor Xolmurodov (O‘zbekiston) - Asadbek Mannonov (Tojikiston)

Eslatib o‘tamiz, final janglari soat 15:00 dan start oladi. 

sammas1

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!