Mirjalol Qosimov AGMKda 100-yubiley o‘yinida 50-g‘alabani tantana qildi

  • 21 oktabr, 2021, 23:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK klubi Superliganing 23-turida Bekobodda “Metallurg”ni mag‘lubiyatga uchratganidan xabaringiz bor.

Tecno

E’tiborli jihati shundaki, mazkur o‘yin Mirjalol Qosimovning AGMK bosh murabbiy sifatidagi yubiley 100-o‘yiniga aylandi. Bu haqda AGMK matbuot xizmati shunday xabar qiladi:

“Bugungi «Metallurg»ga qarshi o‘yin AGMKning Mirjalol Qosimov boshchiligidagi 100-o‘yini sifatida qayd etildi.

kosimov

Jamoamiz Mirjalol Qosimov qo‘l ostida barcha musobaqalarda 100 o‘yin o‘tkazib, 50 g‘alaba, 21 durang va 29 mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati: 154-129”.

Eslatib o‘tamiz, AGMK Qosimovning 100-yubiley  uchrashuvida qo‘lga kiritgan g‘alabasidan keyin ochkolarini 43 taga etkazib, hozircha turnir jadvalida ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!