
Mirazizbek Mirzaxalilov yarim final jangidan so‘ng nimalar dedi?
Bugun hal qiluvchi bellashuvda ringga ko‘tariladigan Mirazizbek Mirzaxalilov kecha bo‘lib o‘tgan yarim final jangidan so‘ng, O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Finalga yo‘l oldim. Birozdan keyin hal qiluvchi bahsdagi raqibim kimligini bilib olaman. (intervyu berilayotgan vaqtda Jo‘raev va Rasuljonov o‘rtasidagi bahs boshlanmagan edi) Xurshidbek Rasuljonov ham, Oybek Jo‘raev ham kuchli bokschi. Agar finalga Oybek chiqsa, ukam uchun undan revansh olaman. Terma jamoada ham kim kuchli ekanini yana bir bor isbotlayman. Mazkur Respublika chempionatida nomdor bokschilarning ishtirok etishi endi o‘sib kelayotgan avlodni "sindirmaydi". Chunki, ular ham kattalar bilan bir xil darajaga chiqib ulgurdi. Mana shu yoshlar biz bilan raqobat qilishga tayyor, deb hisoblayman. Oldinda Olimpiada bor. Hozir faqat shu haqida o‘ylayapman", - dedi Mirzaxalilov.
Afsuski, revansh keyinga qoldi. Oybek yarim finalda Xurshidbek Rasuljonovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar