
Mirazizbek Mirzaxalilov "Gubernator kubogi" turnirida o‘z jangini o‘tkazdi
Xozirgina Sankt-Peterburg shahrida start olgan boks bo‘yicha "Gubernator kubogi" turnirida ilk bokschimiz o‘z jangini o‘tkazdi.
Ya’ni, -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov hindistonlik Muhammad Hassamuddinga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang murosasiz tarzda bo‘lib o‘tdi va yakunda hamyurtimiz g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bugungi dasturda Fanat Qahramonov ham o‘z jangini o‘tkazadi. Unga Belarus vakili Vitaliy Bondarenko raqiblik qiladi.
Fikrlar