Mirazizbek Mirzahalilov: Olimpiadaga kuchli tayyorgarlik ko‘rishimiz zarur

  • 3 noyabr, 2020, 11:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekiston chempionatida -57 kg vazn toifasida Mudofaa Vazirligi sport jamoasi sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov musobaqadagi g‘alabali jangidan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Hozirda butun dunyoda karantin. Pandemiya sabab barcha musobaqalar to‘xtab qolgandi. Biz esa, 2021 yilda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga kuchli tayyorgarlik ko‘rishimiz zarur. 6-7 oydan buyon jang o‘tkazmayapmiz. Mana shunday janglar hozirda bizga judayam muhim. Ikki yildan buyon O‘zbekiston chempionatida qatnashganim yo‘q. Barcha bokschilar musobaqaga kuchli tayyorgarlik bilan kelgan. Shu sababli raqiblarim imkoniyatini teng baholayman.

Chempionatda ukam ham qatnashyapti. Mirzabekning imkoniyatlarini real baholaydigan bo‘lsam, u chempion bo‘lishi ham mumkin", - dedi Miraziz.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!