Miraziz kubalik bokschini nima qildi? (video)

  • 22 sentabr, 2019, 09:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Kecha Ekaterinburgda o‘tayotgan jahon chempionatining final bahslari bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor.

Tecno

-57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mirazizbek Mirzahalilov hal qiluvchi jangda kubalik Lazaro Alvares Estradaga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli tarzda kechgan bahs ikkinchi raundda kubalik bokschining jarohati olgani bois to‘xtatildi va aynan shu vaqtga qadar bo‘lgan ochkolar hisoblab chiqilganda hakamlar bokschimizning g‘alabasini qayd etishdi.

Shu tariqa, Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan Mirzahalilov jahon birinchiligida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Quyida ushbu jangni yana bir bor tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!