Milner APLning boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin

  • 29 aprel, 2023, 05:29
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner mavsum so‘nggida klubni tark etishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. 37 yoshli futbolchi 7 yillik faoliyatidan keyin boshqa jamoaga ketishi mumkin. 

Tecno

"The Athletic" nashri xabar berishicha, Milner yozda "Brayton"ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tish ehtimoli mavjud. De Zerbi uni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Bundan tashqari, "Byornli" ham angliyalik yarim himoyachiga qiziqmoqda, lekin "Brayton" Milnerni qo‘lga kiritish uchun kurashda favorit hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Milnerni "Liverpul" 2015 yilda tekinga olib kelgandi. U klub bilan Chempionlar ligasi va Premer-ligani yutishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!