
Milliy terma jamoamiz Iordaniyada ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
OFK taqvimiga muvofiq, oktyabr oyi avvalida milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddat mobaynida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Yig‘in davomida Srechko Katanets shogirdlari 9 oktyabr kuni Malayziya, 12 oktyabrda esa Iordaniya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi, - deya xabar bermoqda, O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar