
Milliy terma jamoamiz Argentinaga qarshi dastlabki bellashuvda minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi
Hozirgina Toshkent shahridagi "O‘zbekiston" sport majmuasida O‘zbekiston va Argentina futzal terma jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘rtoqlik o‘yini yakuniga etdi. Murosasiz kechgan bellashuvda vakillarimiz 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdagi yagona golga "albiselesta" vakili Lukas Bolo mualliflik qildi.
"O‘zbekiston" - "Argentina" 0:1 (0:1)
Gol: Lukas Bolo 11'
Fikrlar