
"Milan"ning bo‘lajak bosh murabbiyi jamoaga kimni olib kelishi aniq
"RB Leyptsig" klubi yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchini “rossonerilar”ning bo‘lajak ustozi Ralf Rangnik jamoada ko‘rmoqchi.
Aytish kerakki, "Milan" Olmoga avval ham qiziqqan. Ammo, u joriy yilning yanvarida “Dinamo” Zagrebdan “RB Leyptsig” safiga ko‘chib o‘tgan.
Olmo o‘tgan yarim mavsum davomida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar