
"Milan"ga yana bir qariya hujumchi kelmoqda
Xorvatiyalik hujumchi Mario Manjukich tez orada "Milan" bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaning yozishicha, 34 yoshli futbolchi allaqachon “rossonerilar”ning texnik direktori Paolo Maldini bilan shartnmoa masalasida gaplashib olgan. Unga ko‘ra, Manjukich “Milan” bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolaydi.
Aytish lozimki, Mario ayni damda erkin agent hisoblanadi va shu sababli u "Milan"ga tekinga ko‘chib o‘tadi. Uning so‘nggi jamoasi Qatarning "Al-Duxail" klubi bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Manjukich uchun A Seriya begona emas. U 2015-2020 yillarda “Yuventus” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar