“Milan” to‘purari Jiru boshqa chempionatga o‘tishi kutilyapti

  • 7 yanvar, 2024, 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan”ning joriy mavsumdagi to‘purari Olive Jiru faoliyatini boshqa mamlakatda davom ettirishi mumkin.

Tecno

Frantsiyalik forvard milanliklar safini mavsum yakunlangach, erkin agent sifatida tark etadi. Bu haqda  Football Italia nashri xabar tarqatdi.

37 yoshli hujumchi muntazam o‘yin o‘tkazishni istayapti. Milanliklar yoshi o‘tib qolgan futbolchiga o‘yin amaliyoti berilishini kafolatlagani yo‘q. Shu bois faoliyatining so‘nggi bosqichini Jiru boshqa klubda davom ettirmoqchi.

Manbaga ko‘ra, tajribali o‘yinchiga AQSh chempionati vakillaridan takliflar bor.

Olive “MIlan” safida 2021 yildan beri o‘ynayatgan. Uning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi.

Transfermarkt portali frantsiyalik forvardni 4 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!