“Milan" “Real” kelajagiga ko‘z tikmoqda

  • 26 avgust, 2020, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” o‘z tarkibiga “Real”ning 21 yoshli hujumkor futbolchisi Braim Diasni qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Tecno

Milanliklar yozgi transferlar mavsumida futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Biroq, “Real” rahbariyati bu taklifni qabul qilmoqchi emas. Chunki madridlikoar kelajakda bu futbolchiga umid bog‘lagan va uni butunlay qo‘ldan chiqarmaslikni ma’qul ko‘rmoqda.

“Milan” ayni paytda “Real” rahbariyati bilan muzokarani davom ettirmoqda. Klublar o‘zaro kelishib olganidan so‘ng, italiyaliklar ispaniyalik futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilishni boshlaydi.

Braim Dias “Real”ga 2019 yilning yanvarida “Manchester Siti”dan 17 million evro evaziga olib kelingan edi. O‘tgan mavsumda yosh futbolchi o‘nta uchrashuvda bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!