
"Milan" "Real" bilan muzokaralarni boshlamoqchi
"Milan" "Real"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Braim Diasning to‘laqonli sotib olishni rejalashtirmoqda.
"Rossonerilar" rahbariyati 21 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha "Qirollik klubi" bilan muzokaralarni boshlashga hozirlanmoqda. Ta’kidlanishicha, "Milan" transfer uchun 25 million evro sarflashga tayyor.
2020/21 mavsumda Dias "Milan" safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol kiritdi.
Fikrlar