
"Milan" o‘z himoyasini Gollandiya terma jamoasi a’zosi bilan kuchaytirmoqchi
PSV klubi himoyachisi Denzel Dumfris faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 24 yoshli gollandiyalik futbolchining transferi yuzasidan allaqachon eyndxovenliklar bilan aloqaga chiqishgan. Ushbu transfer A Seriya klubiga 15 mln evroga tushishi mumkin.
Dumfris PSV safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar