"Milan" muxlislariga "Inter"ga qarshi derbidan oldin muhim xabar bor!

  • 2 fevral, 2022, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan"ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich jarohati sabab "Inter"ga qarshi derbida ishtirok eta olmasligi mumkin, deya xabar bermoqda Italiya OAV.

Tecno

Qayd etilishicha, 40 yoshli hujumchi 23 yanvar kuni «Yuventus»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan payida hamon og‘riq his qilmoqda.

"Rossonerilar" murabbiylar shtabining Zlatan bo‘yicha yakuniy qarori "Inter"ga qarshi o‘yindan bir necha soat qolganida ma’lum bo‘ladi. Uchrashuv 5 fevralga belgilangan.

40 yoshli Ibragimovich joriy mavsum A Seriyada jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!