
"Milan" "Liverpul" hujumchisi transferi bo‘yicha muzokaralar boshladi
"Milan" "Liverpul" hujumchisi Federiko Kezaning transferi bo‘yicha muzokaralar jarayonini faollashtirdi. "Rossoneri" futbolchini Italiyada transfer oynasi yopilgunga qadar (1 sentyabr) o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Milan News 24 xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Kezaning transferiga shaxsan "Yuventus"da birga ishlagan "Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri qiziqish bildirmoqda.
Keza 2024 yilning yozida "Yuventus"dan "Liverpul"ga o‘tgandi. O‘tgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 14 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar