Milan Italiyaga qaytishi mumkin

  • 10 oktabr, 2024, 17:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar klubdagi hozirgi holatidan norozi. Slovakiyalik futbolchi Luis Enrike jamoasining zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi va shu sababli qishki transfer oynasida jamoani tark etishni o‘ylamoqda.

Tecno

Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Shkrinyar yanvar oyida Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin, ammo u uzoq vaqt o‘ynagan "Inter"ga emas. Unga chempionatning yana bir grandi - Turinning "Yuventus" klubi qiziqmoqda. Slovakiyalik futbolchi katta ehtimol bilan davralar oralig‘ida Tiago Motta jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, Shkrinyar 2023 yilning yozida “Inter”dan erkin agent sifatida PSJga ko‘chib o‘tgan edi. Himoyachi joriy mavsumda Parij klubining asosiy tarkibidan joy ololmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!