
"Milan" hujumchisi Modrichning harakatlarini yuqori baholadi
"Milan" hujumchisi Santyago Ximenes Luka Modrichning o‘yinini yuqori baholadi.
39 yoshli yarim himoyachi "Chelsi"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida "Milan" libosida (1:4) ilk bor maydonga tushdi.
- U ajoyib futbolchi. Uning mahoratini birinchi kundan payqadim.
Menimcha, u hujumchilarga katta yordam beradigan o‘yinchi. Biz, hujumchilar uni jamoamizda ko‘rganimizdan xursandmiz. Modrich bizni ruhlantiradi, u ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Luka olti marta Chempionlar ligasini va eng muhimi, "Oltin to‘p"ni yutgan, - dedi Ximenes.
Fikrlar