"Milan" Amerika kubogining eng yaxshi to‘purarini o‘z safiga qo‘shib oladi

  • 9 iyul, 2019, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" tez orada Braziliyaning "Gremio" klubi forvardi Everton Soares bilan shartnoma imzolaydi.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli braziliyalik futbolchi “rossonerilar” safiga o‘tishga rozilik bildirgan. Uning transferi esa 40 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Everton Braziliya terma jamoasi safida kuni kecha yakunlangan Amerika kubogida 3ta gol urib, musobaqaning eng yaxshi to‘purari degan nomga sazovor bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!