
"Milan" 11 mln evroga Braziliya klubidan himoyachi sotib oladi
Braziliyaning “Flamengo” klubi prezidenti Jorje Jezus jamoa himoyachisi Leonardo Duarte “Milan”ga ko‘chib o‘tishga yaqin ekanligini aytdi.
“Duarte “Milan” futbolchisiga aylanishiga ishonaman. Hammasi hal bo‘lgan. U Evropa safariga tayyorlanmoqda. Unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman”, - deydi Jezus.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu braziliyalik futbolchining transferi “rossonerilar”ga 11 mln evroga tushadi. U yangi hafta boshida Milanga keladi va klub bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Fikrlar