
"Milan" to‘purar hujumchisi bilan shartnomani qachon uzaytiradi?
Italiyalik jurnalist Janluka di Martsioning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi Rafael Leao “Milan” bilan shartnomasi 26 may, juma kuni uzaytiradi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, 26 yoshli portugaliyalik futbolchining maoshi yiliga 5 million evroga oshiriladi va yana qo‘shimcha bonuslar ham belgilanadi. Taqqoslash uchun, Leaoning hozirgi maoshi bir yarim million evroni tashkil qiladi. Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2028 yilning yoziga qadar imzolanadi
Ma’lumot uchun, Leao joriy mavsum “Milan” safida jami 46 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol urdi.
Fikrlar