
Mikel Arteta Edegor haqida: "Uning tezroq safimizga qaytishiga ishonaman"
Mikel Arteta Martin Edegor oktyabr oyining ikkinchi yarmida safga qaytishiga ishonadi. Eslatib o‘tish joiz, yarim himoyachi sentyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Norvegiyaning Avstriyaga qarshi o‘yinida to‘pig‘ini jarohatlangan edi.
"Menimcha, bu bir necha haftalik masala. Men uning aniq qancha muddatda safga qaytishiga javob bera olmayman. Syurprizlar bo‘lishi mumkin. Ammo Edegor oktyabrdagi xalqaro tanaffusdan avval maydonga qaytishi dargumon”, - dedi "Arsenal" bosh murabbiyi.
Shu tariqa, ma’lum bo‘lmoqdaki, “kanonirlar” sardori 1 oktyabrga belgilangan Chempionlar Ligasi doirasidagi PSJga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar