
Mikel Arteta “Bavariya” yulduzini oladigan bo‘lyapti
Sky Sport jurnalisti Floriana Plettenbergning ma’lum qilishicha, “Bavariya” hujumkor futbolchisi Leroy Sane faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘lmoqda.
28 yoshli germaniyalik futbolchini Mikel Arteta “Arsenal”ga olib kelmoqchi. Ispaniyalik mutaxassis Sane “Manchester Siti”da o‘ynagan davrdan beri futbolchi bilan do‘stona aloqalarni saqlab keladi.
Sanening myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. “Kanonirlar” ayni paytda uning atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda va imkon bo‘lishi bilan transferni amalga oshirmoqchi.
Leroy Sanening o‘zi “Bavariya”ni tark etishga shoshilmayapti. U faoliyatini Bundesliga grandida davom ettirishni ma’qul ko‘rmoqda.
Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchi professional faoliyatini o‘zini tarbiyalagan “Shalke”da boshlagan. Keyin 2016-2020 yillar davomida “Manchester Siti”da o‘ynadi.
Fikrlar