
Mexdi Benatia bugungi bahsda Marokash terma jamoasiga yordam berolmaydi
Marokash terma jamoasi sardori Mexdi Benatia bugun Afrika Millatlar kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan Beninga qarshi bahsda ishtirok etolmaydi.
Jurnalist Sofyan Al-Rashidining xabar berishicha 32 yoshli futbolchida jarohat mavjud va shu bois bugungi o‘yinda terma jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ma’lumot uchun, Marokash – Benin uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Fikrlar