
“Metallurg” yangi bosh murabbiyni ro‘yxatdan o‘tkazdi
Bekobodning “Metallurg” klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Jamoani shu paytga qadar boshqarib kelgan Andrey Shipilov va klub o‘zaro kelishgan holda o‘rtadagi shartnomani muddatidan avval bekor qilishdi.
Endilikda “Metallurg” jamoasini Jasur Abduraimov boshqaradi. Bugun klub ushbu mutaxassisni bosh murabbiy sifatida O‘zPFLda ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi. Shartnoma muddati 2021 yilning 31 dekabriga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar