"Metallurg" tarkibiga markaziy hujumchini qo‘shib oldi!

  • 24 dekabr, 2023, 07:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yangi mavsum "Metallurg" hujum chizig‘ida Marko Milichkovichni ko‘ramiz!

Markoning Bekobodga Litvaning "Jalgiris" (Vilnyus) klubidan kelayapti. Boltiqbo‘yi jamoasiga Marko 2022 yil "Petrovats" futbol klubidan o‘tgandi.
Futbolchilik faoliyatini u 17 yoshida Chernogoriyaning "Titograd" jamoasida boshlagan. Keyinchalik "Mladost", "Otrand Olimpik", "Feronikeli" (Albaniya) jamoalarida o‘ynadi.

Chernogoriya U19 (3 o‘yin), U21 (4 o‘yin, 1 gol) terma jamoalariga jalb etilgan. Professional futbolchilik faoliyatida 179 ta uchrashuvda maydonga tushgan, 29 ta gol urgan, 7 marta ogohlantirilgan. Xalqaro maydonda 23 ta o‘yinga to‘p surgan. Litva chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!